Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Yoshlar o'rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbir oʻtkazildi


Bugun Urganch davlat universiteti Madaniyat saroyida Tabiiy fanlar fakulteti tomonidan "Yoshlar o'rtasida huquqbuzarliklarni va jinoyatchilikni oldini olish" mavzusida profilaktik tadbir oʻtkazildi.

Unda fakultet professor-oʻqituvchilari, tyutorlari hamda 1-3 kurs talabalari qatnashdilar.

Tadbirda universitet Tyutorlar kengashi raisi R.Matchonov va tadbir mehmonlari Urganch shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi 1-son IIB boshlig'i, podpolkovnik Sh.Hasanov, Urganch shahar hokimi o'rinbosari   N.Matkarimov  va Urganch shahar "Ma'rifat" mahalla fuqarolar yig'ini raisi A.Hajiyevlar soʻzga chiqib, kun tartibidagi mavzu boʻyicha maʼruza qildilar.

Xususan, tadbirda  davomida talabalar bilan olib boriladigan ma’naviy-marifiy ishlar samaradorligini oshirish, ular o‘rtasida huquqbuzarlik, jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan profilaktik ishlarni tizimli tashkil etish, turli zararli oqimlar ta’siriga tushib qolishdan asrash, yoshlarni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishini ta’minlashga qaratilgan muhim vazifalarni o‘z vaqtida bajarish lozimligi ta’kidlandi.

Shuningdek, tadbirda mamlakatimizda jinoyatchilik, huquqbuzarlik va giyohvandlikka qarshi kurashish hamda ularni oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar, giyohvand, tamaki va alkogol moddalarni isteʼmol qilishning zararli oqibatlari toʻgʻrisida ham toʻxtalib o‘tildi.

E’tirof etish joizki, bu kabi tadbirlarni o‘tkazilishi yoshlarning siyosiy va huquqiy bilimlarini oshirish bilan birga, ular o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchiliklarni oldini olishga, yoshlar bilan yaqindan muloqot olib borib, turli axborot xurujlaridan asrashga hamda yurtga muhabbat, uzoq tarixga ega azaliy qadriyatlar, ajdodlar merosiga hurmat ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi.

urdu.uz, Yoshlar o'rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbir oʻtkazildi

urdu.uz, Yoshlar o'rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbir oʻtkazildi

urdu.uz, Yoshlar o'rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbir oʻtkazildi

Ulashish