Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Hamkorlik aloqalarini mustahkamlash yoʻlida


Urganch davlat universiteti hamda Belorus davlat oziq-ovqat universiteti oʻrtasidagi shartnomaga asosan, hozirda UrDU Kimyoviy texnologiyalar fakultetining 6 nafar talabasi Belorus davlat oziq-ovqat universitetida 1+1 qoʻshma taʼlim dasturi asosida “Oziq-ovqat texnologiyasi” mutaxassisligi boʻyicha magistraturada tahsil olishmoqda.

2022-yil 9-aprel kuni UrDU Kimyoviy texnologiyalar fakulteti professori  M.Jumaniyazov Belorus davlat oziq-ovqat universiteti boʻldi. Tashrif doirasida magistraturada taʼlim olayotgan talabalarni oʻqishi va yashash sharoitlari bilan tanishdi. Talabalar bilan mavjud ehtiyojlarini muhokama qildi. 

Shuningdek, ikki universitet o‘rtasida hamkorlikni yanada mustahkamlash,  professor-o‘qituvchilar almashinuvi, qo‘shma taʼlim dasturlarni koʻpaytirish boʻyicha Belorus universiteti maʼmuriyati bilan muzokaralar olib bordi. 

urdu.uz, Hamkorlik aloqalarini mustahkamlash yoʻlida

urdu.uz, Hamkorlik aloqalarini mustahkamlash yoʻlida

urdu.uz, Hamkorlik aloqalarini mustahkamlash yoʻlida

Ulashish