Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet

Urganch davlat universiteti miqyosida o'tkaziladigan “Yosh notiqlar” ko‘rik-tanlovining navbatdagi soni bo'lib o'tdi

2022-yil 16-aprel sanasida Filologiya fakulteti  tomonidan universitetning notiqlik madaniyatini o'zida shakllantira olgan, faol hamda tashabbuskor talabalari ishtirokida oʻtkazilib kelinayotgan  “Yosh notiqlar” ko‘rik-tanlovining aprel oyi soni bo‘lib o‘tdi. 

Unda Filologiya, Xorijiy filologiya, Tarix, Jismoniy madaniyat, Tenika hamda Pedagogika fakultetlaridan jami 7 nafar talaba mahorat maydonida kuch sinashdilar. 

Mazkur ko‘rik-tanlovda  universitetning bir guruh tashabbuskor, shijoatli, notiqlik mahoratini namoyon etishda o'zini sinash istagidagi talaba-yoshlari 2 shart bo'yicha oʻz mahoratlarini namoyish qildilar.
 Har bir shart hakamlar hayʻati tomonidan munosib baholanib borildi. Natijalarga koʻra:
1- o'rin: Raisov Shamsiddin - Xorijiy filologiya fakulteti talabasi
2-o'rin: Aminov Bahodir - Tarix fakulteti talabasi
3-o'rin: Matqilichev Ahmadjon - Filologiya fakulteti talabasi

Tadbir yakunida "O'zbek tilshunosligi" kafedrasi mudiri, dots. A.Primov: “Mazkur tanlovga bo'lgan qiziqishning kundan kunga ortib borishi, raqobatning kuchayishiga sabab bo'lmoqda va bu hol bizni quvontirmoqda”, -  deya alohida ta'kidlab o'tdi. 

Faxrli oʻrin sohiblari hamda  tanlovda faol qatnashgan talabalar  diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.

urdu.uz, Urganch davlat universiteti miqyosida o'tkaziladigan “Yosh notiqlar”  ko‘rik-tanlovining navbatdagi soni  bo'lib o'tdi

Ulashish