Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



"Kitobxonlik haftaligi" davom etmoqda


Kitob – umr yo'llarini yorituvchi so'nmas nur. Insonning ma'naviy kamolotini ta'minlashda kitob singari kuchli qudratga ega vosita yo'q. Shu bois azal-azaldan ma'rifat peshvolari, ahli donishlar butun insoniyatni kitob o'qishga, undan ilm-u odob sirlarini o'rganishga chorlab kelishgan.

Shu kabi ezgu an’anani davom ettirish maqsadida bugun, 19-aprel sanasida Urganch davlat universitetida Xorazm viloyati Yozuvchilar uyushmasi rahbari Gavhar Ibodullayeva bilan ijodiy uchrashuv tashkil etildi. 

Uchrashuvda Tabiiy fanlar fakulteti tyutori R.Matchanov boshchiligida 192-ekologiya guruhi talabalari qatnashdilar. 

“Birga kitob oʻqiymiz” mavzusidagi mazkur uchrashuvda  G.Ibodullayeva mamlakatimizda aholini, ayniqsa, yoshlarni kitobxonlikka keng jalb qilish bo'yicha olib borilayotgan ishlar to'g'risida atroflicha so'z yuritib, talabalarni hamisha kitob bilan oshno tutinishga chaqirdi.  Oʻz ijod namunalaridan o`qib berdi.  

urdu.uz, "Kitobxonlik haftaligi" davom etmoqda

urdu.uz, "Kitobxonlik haftaligi" davom etmoqda

urdu.uz, "Kitobxonlik haftaligi" davom etmoqda

Ulashish