Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Universitet xodimlari uchun sayyor qabul oʻtkazildi


Ayni kunlarda  respublikamiz boʻylab Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 15-martdan 15-mayga qadar “Sog‘liqni saqlash va ta’lim tizimi xodimlarining huquqlarini himoya qilish” huquqiy aksiyasi o‘tkazilmoqda.

Mazkur aksiya yuzasidan joriy yilning 22-aprel kuni Urganch davlat universiteti xodimlari ishtirokida Sayyor qabul o‘tkazildi. 

Sayyor qabulni UrDU Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektori S.Davletov kirish soʻzi bilan ochib berdi. 

Sayyor qabulda Xorazm viloyati Adliya boshqarmasi boshlig'ining o'rinbosari I.Nazarov,  bandlik, moliya va huquq sohasidagi mutaxassislar ishtirok qilib, o‘qituvchilar, pedagog xodimlar va ishchi xodimlar uchun qonunchilikda belgilangan huquq va imtiyozlari yuzasidan  huquqiy maslahatlar berilib, murojaatlari qabul qilindi.

urdu.uz, Universitet xodimlari uchun sayyor qabul oʻtkazildi

urdu.uz, Universitet xodimlari uchun sayyor qabul oʻtkazildi

urdu.uz, Universitet xodimlari uchun sayyor qabul oʻtkazildi

Ulashish