Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati boshligʻi Baxtiyor Berdialiyev Urganch davlat universiteti talabalari bilan uchrashuv oʻtkazdi

2022-yilning 25-aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati boshligʻi Baxtiyor Berdialiyev Urganch davlat universitetida boʻlib, talabalar bilan uchrashuv oʻtkazdi.

 Uchrashuvda Xorazm viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari, UrDU rektori B.Abdullayev, Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektori S.Davletov, barcha fakultetlar yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan muovinlari, tyutorlar hamda barcha fakultetlardan talaba-yoshlar ishtirok etdilar.

UrDU rektori B.Abdullayev uchrashuvni kirish soʻzi bilan ochib berdi.

Uchrashuv avvalida Baxtiyor Berdialiyev soʻzga chiqib, Ichki ishlar vazirligining vazifalari, turli jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish masalalari, bugungi kunda yoshlar, talabalar orasida uchrayotgan jinoyatchilik va huquqbuzarlik holatlari, huquqbuzarliklar profilaktikasi va IIV va oliy ta'lim tizimi hamkorligi masalalari yuzasidan maʼruza qildi. Talabalarga yuzlanib, bugungi kunda yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlardan oqilona foydalanishga, hamisha toʻgʻri yoʻldan yurishga va chuqur bilim olishga chaqirdi.

Shundan soʻng, “Hayoting oʻz qoʻlingda” nomli badiiy-hujjatli videorolik talabalar eʼtiboriga havola qilindi.

Tadbirda UrDU Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektori S.Davletov ham soʻzga chiqib, bugungi kunda Urganch davlat universitetining Ichki ishlar boshqarmasi bilan hamkorlikda olib borayotgan ishlari haqida atroflicha maʼlumot berdi.

Shuningdek, Xorazm viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boshqarmasi boshligʻi, mayor M.Bazarov hozirda yoshlar oʻrtasida sodir boʻlayotgan jinoyatchilik holatlari, hozirgi davrdagi ekstremizmga qarshi kurash, din niqobi ostidagi oqimlar va ulardan saqlanish masalalari haqida taqdimot orqali maʼruza qildi.

Tadbir yakunida “Islom – tinchlik dini” nomli videorolik namoyish etildi.

urdu.uz, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati boshligʻi Baxtiyor Berdialiyev Urganch davlat universiteti talabalari bilan uchrashuv oʻtkazdi

Ulashish