Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Iqtisodiyot fakultetida Respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi


2022-yil 29-aprel kuni Urganch davlat universiteti Iqtisodiyot fakultetida 2022/2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla” yili davlat Dasturi doirasida “Mintaqani innovatsion va investitsion rivojlantirishni ekonometrik modellashtirish” mavzusida respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy anjumani o‘tkazildi. 

Anjumanda iqtisodiyot sohasida ilmiy tadqiqot olib borayotgan xorijiy va mahalliy olimlar ishtirok etishdi. 
UrDU Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori Z.Ibragimov anjumanni ochib berdi.  Fakultet yutuqlari haqida toʻxtalib oʻtdi va anjuman qatnashchilariga muvaffaqiyat tiladi.

Anjuman Iqtisodiyot fakulteti dekani i.f.d., professor I.Abdullayev rahbarligida tashkil qilindi va muvaffaqiyatli o’tkazildi.

urdu.uz, Iqtisodiyot fakultetida Respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi

urdu.uz, Iqtisodiyot fakultetida Respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi

urdu.uz, Iqtisodiyot fakultetida Respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi

Ulashish