Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



“Yilning eng faol talabalar teatr studiyalari” tanlovining 2022-yilgi bellashuvlariga start berildi


Yangi O‘zbekistonda yoshlarni teatr san’atiga qiziqishlarini yanada oshirish hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida ta’lim muassasalarida "Yilning eng faol talabalar teatr studiyalari"  tanlovi davom etmoqda. 

Mazkur tanlovning 2022-yilgi bellashuvlariga start berilgani munosabati bilan Urganch davlat universitetida ham tanlovining dastlabki universitet bosqichi boʻlib oʻtdi. 

San'atshunoslik fakultetining "Sayqal"  talabalar teatr jamoasi  - "Eng yaxshi spektakl";

Kimyoviy texnologiyalar fakuletining "Iqtidor" talabalar teatr jamoasi "Dolzarb mavzuning sahnaviy talqini"; 

Filologiya fakultetining "Shiddat" talabalar teatr jamoasi  “Milliy an'ana va qadriyatlarni tarannum etgani uchun" nominatsiyalari gʻolibi boʻldilar. 

"Eng yaxshi erkak roli uchun" nominatsiyasi  Sa'natshunoslik fakulteti "Sayqal" talabalar teatr studiyasi a'zosi Mirzabek Ro'zimovga,  "Eng yaxshi ayol roli uchun" nominatsiyasi esa Pedagogika fakulteti "Ziyo" talabalar teatr studiyasi a'zosi Sohiba Xajiyevaga nasib qildi.

“Yilning eng faol  talabalar teatr studiyalari”  tanlovining hududiy bosqichiga Sa'natshunoslik fakulteti "Sayqal" talabalar teatr studiyasi yoʻllanmani qoʻlga kiritdi.

urdu.uz, “Yilning eng faol talabalar teatr studiyalari” tanlovining 2022-yilgi bellashuvlariga start berildi

urdu.uz, “Yilning eng faol talabalar teatr studiyalari” tanlovining 2022-yilgi bellashuvlariga start berildi

urdu.uz, “Yilning eng faol talabalar teatr studiyalari” tanlovining 2022-yilgi bellashuvlariga start berildi

Ulashish