Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Urganch davlat universiteti jamoasi umumxalq hasharida


Bugun yurtimiz bo‘ylab “Mahalla obodligi — yurt farovonligi” shiori ostida umumxalq xayriya hashari o‘tkazilmoqda.

Poklik va ozodalik har bir maskanga baraka va fayz ulashadi. Manzillarimiz obodligi, mahallamiz, xonadonimizning sarishtaligiga har birimiz doimo daxldormiz.

Shu munosabat bilan bugun erta tongdan Urganch davlat universiteti ishchi-xodimlari ham xalqimizga xos bo‘lgan qadriyat – hashar ishlarini ko‘tarinki ruhda boshlashdi. 

Universitet hududidagi daraxtlar tagi yumshatildi, ularga shakl berilib, oqlandi, ariqlar tozalandi. 

Aziz yoshlar, siz ham yurtimiz farovonligi, mahalla va guzarlarimiz ozodaligi yo'lida o'z hissangizni qo'shib, ko'ngillilar safidan joy oling!

urdu.uz, Urganch davlat universiteti jamoasi umumxalq hasharida

urdu.uz, Urganch davlat universiteti jamoasi umumxalq hasharida

urdu.uz, Urganch davlat universiteti jamoasi umumxalq hasharida

 

Ulashish