Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Qurilish sohasini rivojlantirish yoʻlida


Bugun, 5-may kuni O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan fan arbobi, Toshkent arxitektura va qurilish instituti professori, t.f.d. Erkin Qosimov hamda O'zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi ilmiy texnik kengash raisi Ibrohim Qosimovlar Urganch davlat universitetida boʻlib, UrDU Texnika fakulteti "Qurilish" kafedrasi mudiri Qodir Axmedov va t.f.d., professor Rahim Rahimovlar hamrohligida rektor Baxrom Abdullayev bilan uchrashdilar.  

Uchrashuv avvalida rektor B.Abdullayev Urganch davlat universitetining bugungi kundagi faoliyati, imkoniyatlari, yaratilgan shart-sharoitlar va moddiy-texnik bazasi bilan tanishtirib oʻtdi. 

Rasmiy muzokaralar davomida mehmonlar ilmiy salohiyatni yaqin yillarda yanada rivojlantirish haqida toʻxtalib, Xorazm yoshlariga qurilish sohasi bo'yicha ilmiy mavzular berish va ularga rahbarlik qilishga doim tayyor ekanliklarini bildirdilar. Toshkent arxitektura va qurilish instituti va Urganch davlat universiteti o'rtasida hamkorlik aloqalarini yanada kuchaytirishni taʼkidladilar. Bu borada tomonlarning takliflari tinglandi.

Shuningdek, Davlat dasturida belgilangan sohalar yuzasidan innovatsion ishlar bo'yicha yangi loyihalar yozish ishlari bo'yicha suhbat bo'lib oʻtdi.

urdu.uz, Qurilish sohasini rivojlantirish yoʻlida

urdu.uz, Qurilish sohasini rivojlantirish yoʻlida

urdu.uz, Qurilish sohasini rivojlantirish yoʻlida

urdu.uz, Qurilish sohasini rivojlantirish yoʻlida

Ulashish