Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Urganch davlat universitetida Mehnat yarmarkasi oʻz ishini boshladi


2022-yilning  12-may sanasida Urganch davlat universiteti hamda Xorazm viloyati Maktabgacha ta’lim boshqarmasi hamkorligida  Mehnat yarmarkasi tashkil qilindi. Unda Xorazm viloyati Maktabgacha ta’lim tashkilotlari o‘zining 350 ta bo‘sh ish o‘rinlari bilan qatnashmoqdalar.

Mehnat yarmarkasini Urganch davlat universiteti rektori Baxrom Abdullayev kirish so‘zi bilan ochib berib, ushbu yarmarka universitetning tegishli yo‘nalishlari bitiruvchilari uchun ajoyib imkoniyat ekanligini ta’kidlab, tashabbuskorligi uchun Xorazm viloyati Maktabgacha ta’lim boshqarmasiga o‘z minnatdorchiligini bildirdi va yarmarka ishiga muvaffaqiyat tiladi.

Shundan so‘ng, Xorazm viloyati Maktabgacha ta’lim boshqarmasi boshlig‘i  oʻrinbosari Mavlonbek Yusupov so‘zga chiqib, bitiruvchilarga mavjud bo‘sh ish o‘rinlari, lavozimlar haqida ma’lumot berdi. UrDU "Marketing va talabalar amaliyoti" bo‘limi boshlig‘i Q.Yo‘ldoshev ishga qabul qilish bo‘yicha shartnoma shu yerning o‘zida imzolanishi haqida  taʼkidlab o‘tdi. 

Mehnat yarmarkasi kun davomida bo‘lib o‘tadi.

urdu.uz, Urganch davlat universitetida Mehnat yarmarkasi oʻz ishini boshladi

urdu.uz, Urganch davlat universitetida Mehnat yarmarkasi oʻz ishini boshladi

urdu.uz, Urganch davlat universitetida Mehnat yarmarkasi oʻz ishini boshladi

urdu.uz, Urganch davlat universitetida Mehnat yarmarkasi oʻz ishini boshladi

Ulashish