Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



"Mustahkam oila qurishda sog'lom turmush tarzining ahamiyati" mavzusida ochiq muloqot o'tkazildi


15-may – “Xalqaro oila kuni” munosabati bilan 12-may kuni Urganch davlat universitetiga Xorazm viloyati hokimligi "Mehr-shavqat va salomatlik" jamoat fondi viloyat bo'limi raisi L.Asqarova rahbarligidagi sog'lom turmush tarzi targ'ibot guruhi tashrif buyurdi.

Tarix, Pedagogika, San'atshunoslik, Xorijiy filologiya fakultetlari talaba-yoshlari ishtirokida  "Mustahkam oila qurishda sog'lom turmush tarzining ahamiyati" mavzusida ochiq muloqot o'tkazildi.

Ochiq muloqotga UrDU Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi Sh.Nurullayeva moderatorlik qildi.

Unda L.Asqarova "Sog'lom turmush tarzi talablari", OITS ga qarshi kurash markazi bosh shifokor o'rinbosari G'.Xalimov "Oitsdan saqlanish yo'llari", “O'zbekiston qahramoni” unvoni sohibi E.Karimov "Oilada mehr-oqibat va sabrning ahamiyati", "Sog'lom avlod" xayriya fondi direktori Y.Mehmonova "Sog'lom oila-jamiyat tayanchi", "O'zbek navo" viloyat rahbari X.Yo'ldoshev  "Milliy kuy-qo'shiqlarimizni yosh avlod tarbiyasidagi roli", "Xorazm haqiqati" gazetasi bosh muharriri S.Xudoyberganova  "Ijod va ilmning inson ma'naviyatini yuksaltirishdagi ahamiyati",  Urganch shahar deputati S.Atayeva "Mustahkam oila-mustahkam kelajak", UrDU professori S.Masharipova  "Oila-kichik Vatandir", O'zbekiston Ekologik partiyasi Xorazm viloyati partiya tashkiloti rais o'rinbosari B.Qalandarov  "Atrof-muhit ozodaligi-bu sog'lom hayot demakdir" mavzularida ma'ruza qildilar. Ochiq muloqot qizgʻin savol-javoblar va fikr-mulohazalarga boy tarzda oʻtdi.

Oʻzbekiston xalq artisti G.Rahimova ijrosida yangragan navolar talaba-yoshlarga bayramona kayfiyat ulashdi.

Muloqot so'nggida  Sh.Nurullayeva ajoyib muloqot uchun targ'ibot guruhi va ularning rahbari L.Asqarovaga minnatdorchilik bildirdi.

urdu.uz, "Mustahkam oila qurishda sog'lom turmush tarzining ahamiyati" mavzusida ochiq muloqot o'tkazildi

urdu.uz, "Mustahkam oila qurishda sog'lom turmush tarzining ahamiyati" mavzusida ochiq muloqot o'tkazildi

urdu.uz, "Mustahkam oila qurishda sog'lom turmush tarzining ahamiyati" mavzusida ochiq muloqot o'tkazildi

urdu.uz, "Mustahkam oila qurishda sog'lom turmush tarzining ahamiyati" mavzusida ochiq muloqot o'tkazildi

Ulashish