Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



“Isteʼdod, iqtidor va ragʻbat” mavzusida iqtidorli qizlar festivali o'tkazildi


Bugun, 17-may kuni Urganch davlat universiteti Xotin-qizlar Maslahat kengashi tashabbusi bilan  universitetning iqtidorli talaba-qizlari oʻrtasida “Isteʼdod, iqtidor va ragʻbat” mavzusida iqtidorli qizlar festivali o'tkazildi.

Tadbir talaba-qizlarni isteʼdodlarini keng namoyish qilish, boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishga koʻmaklashish, kasb-hunarga oʻrgatish, oʻzbekona urf-odat va qadriyatlar, muomala madaniyati mezonlari bilan tanishtirish,  oilaviy hayotga tayyorlash maqsadida tashkil qilindi.

Festival ishtirokchilari:

✔️Suxandonlik 
✔️Ijodkorlik (sheʼr, hikoya)
✔️Jonli ijroda qoʻshiq 
✔️Raqs
✔️Rassomchilik
✔️Innovatsion gʻoya yoki loyiha
✔️Tikuvchilik
✔️Toʻquvchilik
✔️Biser (munchoqlar) yasash
✔️ Tarjimonlik
✔️ Aktyorlik
✔️ Sport ustasa 
✔️ Karving sanʼati
✔️Oshpazlik mahorati
✔️ Sartaroshlik (eng yaxshi talaba qiz turmagi)
✔️Qoʻgʻirchoq yasash
✔️Eng yaxshi kashtadoʻz
✔️Eng yaxshi quroq egasi

kabi nominatsiyalar boʻyicha  yigirma nafardan oshiq talaba-qizlar oʻz mahoratlarini sinovdan oʻtkazdilar.

Barcha gʻolib va sovrindorlarga UrDU Xotin-qizlar Maslahat kengashi raisi Sh.Nurullayeva boshchiligida Diplom va esdalik sovgʻalari topshirildi.

urdu.uz, “Isteʼdod, iqtidor va ragʻbat” mavzusida iqtidorli qizlar festivali o'tkazildi

urdu.uz, “Isteʼdod, iqtidor va ragʻbat” mavzusida iqtidorli qizlar festivali o'tkazildi

urdu.uz, “Isteʼdod, iqtidor va ragʻbat” mavzusida iqtidorli qizlar festivali o'tkazildi

urdu.uz, “Isteʼdod, iqtidor va ragʻbat” mavzusida iqtidorli qizlar festivali o'tkazildi

 

Ulashish