Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet

"Yangi o‘zbekistonni o‘zimiz, o‘z qo‘llarimiz bilan bunyod etamiz!" shiori ostidagi esselar tanlovining hududiy bosqichi Urganch davlat universitetida bo‘lib o‘tdi

Oliy taʼlim muassasalarining  bakalavriat bosqichi talaba-yoshlari oʻrtasida oʻtkazilayotagn esselar tanlovining bugun, 19-may kuni Urganch davlat universitetida hududiy bosqichi boʻlib oʻtdi. 

Hududiy bosqichda viloyatdagi 6 ta oliy taʼlim muassasalaridan saralashdan oʻtgan 18 nafar talaba ishtirok etdi. Esse uchun nizom boʻyicha “Yangi Oʻzbekiston mening tasavvurimda” mavzusi tanlandi. 

Viloyat bosqichining ochilish marosimida Senatning Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitasi raisi B.Tajiyev, Oliy va oʻrta maxsus vazirligining  mutasaddi vakillari, Oʻzbekiston Qahramoni A.Mahmudova, Xorazm viloyati hokimligi vakillari, Urganch davlat universiteti rektori B.Abdullayev boshchiligida universitet rahbariyati, oliy taʼlim muassasalari vakillari ishtirok etdilar. Saralash bosqichidan muvaffaqiyatli oʻtgan yoshlarni samimiy tabrikladilar va navbatdagi bosqichda omad tiladilar. 

1, 2, 3-oʻrinlarni egallagan talabalar keyingi bosqichga yoʻllanmani qoʻlga kiritadilar. Ishtirokchilar belgilangan vaqt davomida ijodiy fikrlarni yozma bayon qildilar.  Jarayonlar ochiq va shaffof tarzda tashkil etildi. 

urdu.uz, "Yangi o‘zbekistonni o‘zimiz, o‘z qo‘llarimiz bilan bunyod etamiz!" shiori ostidagi esselar tanlovining hududiy bosqichi Urganch davlat universitetida bo‘lib o‘tdi

Ulashish