Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Esselar tanlovining hududiy bosqichi g'oliblari aniqlandi


Bugun, 19-may sanasida Urganch davlat universitetida «Yangi O‘zbekistonni o‘zimiz, o‘z qo‘llarimiz bilan bunyod etamiz!» shiori ostidagi respublika esselar tanlovining hududiy bosqichi o'tkazildi. 

Unda viloyatdagi barcha OTM larning saralash bosqichidan o'tgan 18 nafar talabalar qatnashdilar. 

Yoshlarni vatanparvarlik, fuqarolik tuyg‘usi, bag‘rikenglik, qonunlar, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida, zararli oqimlarga qarshi tura oladigan, hayotga bo‘lgan qat'iy ishonch va qarashlar, buyuk maqsadlarga ega shaxslar sifatida tarbiyalash, Uchinchi Renesans poydevorini qurishda yoshlarning faol ishtirokini ta’minlash va daxldorlik fazilatlarini qaror toptirish maqsadida tashkil etilgan tanlovning hududiy bosqichi natijalari ishchi guruh tomonidan ko'rib chiqilib, shu kunning o'zida e'lon qilindi.

Natijalarga ko'ra:

1-o'rin - UrDU Filologiya fakulteti talabasi Safayeva Gulnoza Po'lat qizi;

2-o'rin - TATU UF 1-kurs talabasi Sultonmuratova Mashhura Quvonchbek qizi;

3-o'rin - UrDU Pedagogika fakulteti 3-kurs talabasi O'ktamova Shohista Odilbek qizi.

 Tanlovning taqdirlash marosimida g‘oliblar Kasaba uyushmalar federatsiyasi Xorazm viloyat kengashi tomonidan Diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar. 

Urganch davlat universiteti jamoasi yuqori o‘rinlarni qo‘lga kiritgan talabalarimiz Gulnoza Safayeva hamda Shohista O'ktamovani chin dildan qutlab, tanlovning respublika bosqichida ham mana shunday yuqori o‘rinlarga loyiq topilishida omad tilaydi.

urdu.uz, Esselar tanlovining hududiy bosqichi g'oliblari aniqlandi

urdu.uz, Esselar tanlovining hududiy bosqichi g'oliblari aniqlandi

urdu.uz, Esselar tanlovining hududiy bosqichi g'oliblari aniqlandi

Ulashish