Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Professor Paula Rodriguesning Jismoniy madaniyat fakultetidagi seminarlari davom etmoqda


Avval xabar berganimizdek,  Portugaliyaning Porto universiteti professori Paula Rodrigues UrDU Jismoniy madaniyat fakultetida 16-maydan 26-may sanasiga qadar dars mashgʻulotlarini oʻtkazmoqda.   

Bugun, 23-may sanasida  professori Paula Rodrigues universitet Xalqaro reytinglar boʻlimi bilan hamkorlikda "Scopus jurnallarida ilmiy maqola yozishdan chop etishgacha" mavzusida seminar-trening olib bordi. Unda Scopus jurnallarida maqola chop etishning sir-asrorlari haqida atroflicha maʼlumot berdi.
Seminarda fakultet professor-oʻqituvchilari,  magistr va doktorantlar, talaba-yoshlar qatnashdilar. 

Ushbu treningda berilgan maʼlumotlar ilmiy tadqiqotchilar uchun dolzarb boʻlibgina qolmay, Scopus nomi ostidagi soxta jurnallarga aldanib qolmasliklari uchun yordamchi boʻlishi shubhasizdir. 

urdu.uz, Professor Paula Rodriguesning Jismoniy madaniyat fakultetidagi seminarlari davom etmoqda

urdu.uz, Professor Paula Rodriguesning Jismoniy madaniyat fakultetidagi seminarlari davom etmoqda

urdu.uz, Professor Paula Rodriguesning Jismoniy madaniyat fakultetidagi seminarlari davom etmoqda

Ulashish