Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet

“Fotonika muammolari va rivojlanish istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjumani boʻlib oʻtmoqda

Ayni daqiqalarda Urganch davlat universiteti Madaniyat saroyida Texnika fakulteti jamoasi tashabbusi bilan “Fotonika muammolari va rivojlanish istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjumani boʻlib oʻtmoqda.

Anjumanning ochilish marosimida Toshkent shahri, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Samarqand, Fargʻona, Namangan hamda Buxoro viloyatlaridan respublikamizga taniqli akademiklar,  fizik olimlar, professorlar ishtirok etmoqdalar. Shuningdek, anjumanda 20 dan ortiq ilmiy ishlari bilan Urganch davlat universiteti professor-oʻqituvchilari, magistr va doktorantlari, talaba-yoshlari qatnashmoqdalar. Texnika fakulteti “Umumtexnika fanlari” kafedrasi mudiri I.Davletov moderatorlik qilmoqda. 

Maʼlumot oʻrnida taʼkidlash joizki, konferensiya toʻplami 500 nafardan ziyod hammuallifning 187 ta ilmiy tezisini oʻz ichiga qamrab olgan. 

Konferensiyani UrDU Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori Z.Ibragimov kirish soʻzi bilan ochib berib, anjuman ishiga muvaffaqiyat tiladi. 
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi akademiklari S.Bahromov va R.Moʻminov,  PFXA akademigi, prof. O.Quvandiqovlar ZOOM platformasi orqali anjuman ishtirokchilariga tabrik yoʻlladilar. 

Anjuman kun tartibidagi masalalar boʻyicha oʻz ishini davom ettirmoqda. Unda mavzu doirasida maʼruzalar tinglanib, muhokamalar qilinmoqda.

Mazkur anjuman ikki kun davomida boʻlib oʻtadi.

urdu.uz, “Fotonika muammolari va rivojlanish istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjumani boʻlib oʻtmoqda

Ulashish