Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



“Deputat va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi


Joriy yil 27-may kuni Urganch davlat universitetining bir guruh faol yoshlari bilan “Deputat va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda Oliy majlis Qonunchilik palatasi deputati, Yoshlar komissiyasi aʼzosi K.Jumaniyozov, Xalq deputatlari Bogʻot tumani kengashi deputati U.Ibrohimov, universitet maʼmuriyati hamda Fizika-matematika va Tabiiy fanlar fakultetlarining talabalari ishtirok etdilar. 

Uchrashuvni UrDU Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektori S.Davletov kirish soʻzi bilan ochib berdi.
Qizg‘in jonli muloqot tarzida o‘tgan ushbu uchrashuvda yoshlarga  Oliy majlis Qonunchilik palatasi deputati K.Jumaniyozov o‘z faoliyati misolida deputatlik faoliyati haqida ma’lumotlar berib, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining ish faoliyati, qonunlarni qabul qilish jarayonlari, saylovchilar bilan uchrashuvlar xususida talabalarga batafsil so‘zlab berdi.
Fikr va mulohazalarga boy uchrashuv so‘nggida yoshlarning savollariga deputatlar tomonidan atroflicha javoblar berildi.

urdu.uz, “Deputat va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

urdu.uz, “Deputat va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

urdu.uz, “Deputat va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Ulashish