Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet

Urganch davlat universiteti jamoasi 32-son maxsus maktab internatga tashrif buyurdilar

Inson qalbiga yoʻl mehr-muruvvat va saxovatdan boshlanadi. Ming yillar davomida shakllangan mehr-oqibat, muruvvat tushunchalari asrlar mobaynida el-yurtimizning dunyoqarashi, maʼnaviy hayotining negizi sifatida vujudga kelgan, ongimizdan chuqur joy olgan buyuk qadriyatlarning amaliy ifodasidir. Qolaversa, begʻubor bolajonlarimiz koʻz quvonchimiz, Vatanimiz ertalaridir. 

2022-yil 3-iyun kuni Urganch davlat universiteti rahbariyati, Xotin-qizlar maslahat kengashi faollari, Tyutorlar kengashi aʼzolari, Yoshlar ittifoqi UrDU boshlangʻich tashkiloti yetakchilari hamda faol talaba-yoshlar 1-iyun - "Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni" munosabati bilan shahrimizdagi 32-son maxsus maktab internatga tashrif buyurdilar. Iliq va samimiy suhbat, goʻzal tilaklar barobarida bolalarga atalgan bayram sovgʻalari ulashildi.

Tashrif doirasida imkoniyati cheklangan va kam taʼminlangan bolalar uchun tashkil qilingan “Mehrigiyo” oromgohida madaniy tadbir tashkil etildi. Unda UrDU Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektori S.Davletov soʻzga chiqib, barcha bolajonlarni bayram bilan tabriklab, ezgu tilak-istaklar bildirdi, universitet maʼmuriyati nomidan bayram sovgʼalarini taqdim qildi. 

Tadbirda Sanʼatshunoslik va Pedagogika fakultetlarining isteʼdodli talabalari oʻzlarining badiiy chiqishlari bilan bolajonlarni xursand qildilar. Shuningdek, bolajonlarning chiqishlari namoyish etildi.

Tadbirda UrDU Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi Sh.Nurullayeva boshchiligida bir guruh faol ayollar,   Fizika-matematika fakultetining professor-oʻqituvchilari ham qatnashib, bolalarni bayram bilan qutlab, sovgʻa-salomlar ulashdilar.

urdu.uz, Urganch davlat universiteti jamoasi 32-son maxsus maktab internatga tashrif buyurdilar

Ulashish