Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Urganch davlat universitetida ochiq muloqot o‘tkazildi


Urganch davlat universitetida 2022-yil 9-iyun sanasida  “Muassasada ilmiy-tadqiqot ishlari va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash masalalari” mavzusida ochiq muloqot o‘tkazildi. UrDU Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori Zafarbek Ibragimov raisligida, erkin muloqot tarzida olib borildi.

Ochiq muloqotda universitet  yosh olimlari, jumladan, doktorantlar,  mustaqil izlanuvchilar, magistrlar, shuningdek, Fizika-matematika va Tabiiy fanlar fakultetlarining ilmiy tadqiqot ishi bilan shugʻullanishni maqsad qilgan talaba-yoshlari hamda tyutorlar ishtirok etdilar. 

Unda prorektor Z.Ibragimov soʻzga chiqib, ta'limdagi innovatsiyalar va innovatsion pеdagogik faoliyat haqida, universitetda ilmiy ishlarning borishi, ilmiy salohiyatni oʻsishi, ilmiy-tadqiqot ishlarini rag‘batlantirish borasidagi ishlar,  xorij mamlakatlarining oliy taʼlim muassasalari bilan oʻrnatilgan hamkorlik aloqalari,  doktorant  va yosh olimlarni stajirovkalarga joʻnatish,  bugungi kunda oliy taʼlim tizimida chet tillarini oʻrganishni kun tartibidagi dolzarb masalaga aylanganligi xususida yigʻilganlarga atroflicha maʼlumot berdi.

Qolaversa, ilmiy etiketga amal qilish, ilmiy madaniyatni oshirish, bu borada xorijiy til bilish zaruratlari,  ilmiy maqola va dissertatsiya yozishni oʻziga xos muhim jihatlari va bunda ilmiy rahbarning oʻrni haqida oʻz fikr-mulohazalarini bayon etib, zarur tavsiyalar berdi. Shuningdek, ochiq muloqot davomida yosh olimlar va talabalarning oʻz ilmiy izlanishlari doirasidagi savollariga batafsil javoblar berdi.

urdu.uz;Urganch davlat universitetida ochiq muloqot o‘tkazildi

urdu.uz;Urganch davlat universitetida ochiq muloqot o‘tkazildi

urdu.uz;Urganch davlat universitetida ochiq muloqot o‘tkazildi

urdu.uz;Urganch davlat universitetida ochiq muloqot o‘tkazildi

Ulashish