Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



"Qizlarjon" klubi hisobot kengashi o'tkazildi


Bugun, 10-iyun kuni Urganch davlat universitetida Xotin-qizlar Maslahat kengashi tomonidan Xotin-qizlar masalalalari bo'yicha dekan maslahatchilari, "Qizlarjon" klubi hamda fakultetlar raislarining yillik hisobot kengashi hamda ko'rgazmasi bo'lib o'tdi. Unda Fizika-matematika, Pedagogika, Jismoniy madaniyat, Tarix fakultetlari dekan maslahatchilari, Filologiya, Pedagogika, Tabiiy fanlar, Tarix, Fizika-matematika, San'atshunoslik, Xorijiy filologiya fakultetlari tyutorlari va to'garak rahbarlari faol ishtirok etdi. Barcha hisobotlar tinglangandan so'ng, UrDU Xotin-qizlar Maslahat kengashi raisi Sh.Nurullayeva yil davomida talaba-qizlarni faolligini ta'minlab, izidan ergashtira olgan kengash a'zolari hamda "Qizlarjon" klubi faollariga minnatdorchilik bildirib, ularning faoliyati rag'batga loyiq ekanligini bildirdi.

Ulashish