Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov Urganch davlat universitetida boʻldi

Ayni kunlarda respublikamizning barcha oliy taʼlim muassasalarida yangi oʻquv yiliga tayyorgarlik jarayonlari ketmoqda. Shu asnoda, joriy yil 15-iyun sanasida mazkur jarayonlar bilan yaqindan tanishish maqsadida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining iqtisodiy masalalar boʼyicha o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov Urganch davlat universitetiga tashrif buyurib, rektor Baxrom Abdullayev hamrohligida olib borilayotgan qurilish, ta’mirlash hamda obodonlashtirish ishlarini ko‘zdan kechirdi.

Xususan, ilk manzilda universitet asosiy hududidagi 2000 o‘ringa mo‘ljallangan 7 qavatli “Smart” o‘quv binosi qurilishi ishlarining borishi bilan tanishdi.
Ko‘zdan kechirish davomida zamonaviy binoni qurilish va jihozlash ishlari to‘laligicha universitetning byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan amalga oshirilayotgani, bino 2022-2023-oʻquv yilning bahorgi mavsumida to‘liq foydalanishga topshirilishi qayd etildi. O‘z navbatida, S.Buzrukxonov qurilish obyektini o‘z muddatida foydalanishga topshirish va ishlarni sifatli bajarish yuzasidan mas’ullarga zarur tavsiya va topshiriqlar berdi.

Keyingi manzilda Urganch tumanida joylashgan Kimyoviy texnologiyalar fakulteti oʻquv binosining hamda shu hududdagi talabalar turar joyining kapital taʼmirlanishini koʻzdan kechirdi. 

Shundan soʻng, davlat xususiy sherikchilik asosida 400 oʻrinli talabalar turar joyi binosini qurish boʻyicha yer qazish ishlari bajarilayotganini borib koʻrib, loyihalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ishlarning tashkil etilishi holati bilan qiziqdi. Qurilish-ta’mirlash ishlarini ko‘rish asnosida taklif va mulohazalar bildirildi.

Shuningdek, tashrif davomida Texnika fakulteti oʻquv binosining kapital taʼmirlash jarayonini ham koʻzdan kechirdi. 

Amalga oshirilgan ishlarni ko‘zdan kechirish barobarida Sarvarxon Buzrukxonov tomonidan istiqboldagi rejalarni amalga oshirish borasida mas’ullarga tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.

urdu.uz, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov Urganch davlat universitetida boʻldi

Ulashish