Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi Narzullo Oblomuradov bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

Ma’lumki, shu kunlarda mamlakatimizda muhim siyosiy voqelik — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini yanada takomillashtirishga qaratilgan demokratik islohotlar yuz bermoqda. Joylarda bo‘lgani kabi, oliy ta’lim muassasalarida ham mutaxassis olimlar, faol va iqtidorli yoshlar ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, anjumanlar, davra suhbatlari tashkil etilib, ularda nafaqat ushbu muhim jarayon haqida atroflicha ma’lumot berilmoqda, balki yoshlarning fikr va takliflari ham o‘rganilmoqda.

Shu asnoda 2022-yil 16-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi Narzullo Oblomuradov konstitusiyaviy islohotlarni targʻib qilish va keng jamoatchilik takliflarini o‘rganish, professor-oʻqituvchi va talaba-yoshlarning fikrlarini tinglash maqsadida Urganch davlat universitetida boʻlib, universitet jamoasi bilan uchrashuv oʻtkazdi. 

Uchrashuvda Xorazm viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi, O‘zbekiston Ekologik partiyasi Xorazm viloyat Kengashi, Urganch davlat universiteti rahbariyati, Tabiiy fanlar fakulteti professor-oʻqituvchilari va talabalari hamda OAV xodimlari ishtirok etdilar.

Uchrashuvni UrDU rektori Baxrom Abdullayev kirish soʻzi bilan ochib berdi. Uchrashuv avvalida Narzullo Oblomuradovning maʼruzasi tinglandi. 

Shundan soʻng, Urganch davlat universiteti rahbariyati, professor-oʻqituvchilari va talabalarining ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish borasidagi takliflariga tinglandi.

urdu.uz, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi Narzullo Oblomuradov bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

Ulashish