Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



"Deputat va yoshlar" uchrashuvi


Mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosati sohasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. O‘tgan vaqt ichida, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, mamlakatimiz istiqboli uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir, tashabbuskor, shijoatli yoshlarni tarbiyalash borasida alohida tizim yaratildi. Shu asnoda, joylarda yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etilib, bugungi kunning keng koʻlamli islohotlari haqida fikrlar almashilmoqda. 

Joriy yil 16-iyun kuni Urganch davlat universitetida “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Xorazm viloyat Kengashi “Yoshlar qanoti” hamkorligida “Yoshlar oyligi” doirasida   viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlari ishtirokida “Deputat va yoshlar” uchrashuv tashkil etildi. 

Uchrashuvda universitetning Pedagogika hamda Fizika-matematika fakultetlari talaba-yoshlari va partiya aʻzolari qatnashdilar.

Tadbirda OʻzMTDP Xorazm viloyati Kengashi deputati R.Ruzmetov, Xalq deputatlari Qoʻshkoʻpir tumani kengashi deputati M.Tillayeva, MTDP Urganch shahar kengashi raisi B.Jumaniyazov, Xalq deputatlari Urganch shahar kengashi deputati U.Doʻschanovlar soʻzga chiqib, davlatimiz rahbari  tomonidan yoshlarga berilyotgan imkoniyatlar, oliy ta’limdagi islohotlar to‘g‘risida, shuningdek, Respublikamiz Konstitusiyasiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha olib borilayotgan islohotlar va partiya "Yoshlar qanoti" loyiha va tashabbuslari haqida atroflicha ma’lumot berdilar.

urdu.uz, “DEPUTAT VA YOSHLAR” UCHRASHUVI

urdu.uz, “DEPUTAT VA YOSHLAR” UCHRASHUVI

urdu.uz, “DEPUTAT VA YOSHLAR” UCHRASHUVI

urdu.uz, “DEPUTAT VA YOSHLAR” UCHRASHUVI

Ulashish