Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet

Urganch davlat universitetida korrupsiya va jinoyatchilikni oldini olish masalalariga bagʻishlangan kengaytirilgan yigʻilish boʻlib oʻtdi

2022-yil 20-iyun kuni UrDU Madaniyat saroyida professor-o‘qituvchilar, xodimlar orasida korrupsion holatlar va yoshlar orasida jinoyatchilikni oldini olish masalalariga bagʻishlangan universitet rahbariyati boshchiligida Kengash aʼzolari, professor-o‘qituvchilar, xodimlar ishtirokida navbatdan tashqari kengaytirilgan yigʻilish boʻlib oʻtdi.

Unda korrupsiya va yoshlar orasida jinoyatchilikni oldini olish masalalari keng muhokama qilindi.

Tadbirda Xorazm viloyati sudi raisi oʻrinbosari U.Bakturdiyev, Jinoyat ishlari boʻyicha viloyati sudi sudyasi Z.Yaqubovlar ishtirok etib, so'nggi yillarda  respublikamizda sud-huquq sohasidagi islohotlar, korrupsiyaga qarshi kurashda amalga oshirilayotgan ishlar,  bu borada viloyat sudining vazifalari, yurtimizdagi har bir qonun, avvalo, inson manfaatlariga mos kelishi asosida ishlab chiqilishi, shuningdek, talabalar o'rtasida sodir etilayotgan huquqqa hilof harakatlar va ularni oldini olish, talabalarni Konstitutsiya va  qonunlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash kabi masalalar yuzasidan maʼruza qildilar.
Muhokamalarda UrDU Oʻquv ishlari boʻyicha prorektori S.Xodjaniyozov va Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektor S.Davletovlar soʻzga chiqdilar. 

Kengaytirilgan yigʻilishda muhokama qilingan masalalar yuzasidan zarur topshiriqlar berildi.

urdu.uz, Urganch davlat universitetida korrupsiya va jinoyatchilikni oldini olish masalalariga bagʻishlangan kengaytirilgan yigʻilish boʻlib oʻtdi

Ulashish