Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Akademik Bakridin Zaripov Urganch davlat universiteti yosh olimlariga maʼruza qildi


Joriy yil 20-iyun kuni Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining  “Odam va hayvonlar fiziologiyasi” kafedrasi professori, bir qator xorijiy universitetlarning faxriy professori, biologiya fanlari doktori, akademik  Bakridin Zaripov  Urganch davlat universitetida “Yangi O‘zbekistonda Uchinchi Renessans avlodining tarbiyasi va fiziologiyasi. Tarixiy, ilmiy va zamonaviy tamoyillar” hamda “AQSH ta’limi va ilmi.  Garvard va Nyu-York universitetlari misolida” mavzularida maʼruza qildi. 

Unda universitet rahbariyati, yosh olimlar, magistr va doktorantlar ishtirok etdilar.

Uchrashuv avvalida UrDU rektori Baxrom Abdullayev soʻzga chiqib, olimning hayot faoliyati, ilmiy-ijodiy hamda pedagogik faoliyati haqida uchrashuv qatnashchilariga maʼlumot berdi. 

Shundan soʻng, B.Z.Zaripovning maʼruzasi boshlandi.  Xususan, yangi O‘zbekistonni barpo etish va Uchinchi Renessans g‘oyasi, Birinchi va ikkinchi Renessans davrlari, Uchinchi Renessans avlodini  tarbiyalashning fiziologik asoslari, Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash, Uchinchi Renessans avlodini tarbiyalashning tarixiy, ilmiy va zamonaviy tamoyillari yuzasidan atroflicha fikr yuritib, oʻz mulohazalarini taqdimotlar orqali namoyon etdi. 

B.Z.Zaripov  maʼruzasi davomida AQShning Garvard universitetidagi faoliyatiga ham atroflicha toʻxtaldi.  Jumladan,  AQSh ta’lim tizimi, taʼlim oluvchilar uchun yaratilgan sharoitlar va ilmiy tadqiqot imkoniyatlari haqida qiziqarli maʼlumotlarni ulashdi. 

Akademik B.Z.Zaripov   maʼruzasi yakunida barcha tinglovchilarga   “Ilm o‘rganinglar: ilm zulmatda quyosh, vahshatda hamroh, yolg‘izlikda yo‘ldosh, begona yurtda sirdosh, og‘ir damda rahbar, dushmanga qarshi quroldir”, - deya taʼkidladi.

urdu.uz, Akademik Bakridin Zaripov Urganch davlat universiteti yosh olimlariga maʼruza qildi

urdu.uz, Akademik Bakridin Zaripov Urganch davlat universiteti yosh olimlariga maʼruza qildi

urdu.uz, Akademik Bakridin Zaripov Urganch davlat universiteti yosh olimlariga maʼruza qildi

urdu.uz, Akademik Bakridin Zaripov Urganch davlat universiteti yosh olimlariga maʼruza qildi

Ulashish