Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet

“Yangi o‘zbekiston – inson qadri ulugʻlangan yurt!” shiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi

2022-yil 3-iyul kuni Urganch davlat universitetida  “Yangi O‘zbekiston – inson qadri ulugʻlangan yurt!” shiori ostidagi madaniyat karvoni ishtirokida maʼnaviy-maʼrifiy targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, “Mehnat shuhrati” ordeni sohibasi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoira Zulfiya Mo‘minova, “Shuhrat” medali sohibasi Rohila Ro‘zimova, “Nihol” mukofoti sohibi, Xalqaro baxshilar ko‘rik-tanlovi mutloq g‘olibi Feruzbek Normatov, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist Sur’at Ortiqov, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist Ozod Bekmuradov, Estrada xonandasi Shoira Otabekova, “Nihol” mukofoti sohiblari Jayhun Matmuradov va Matnazar Ozodov, O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti Gulora Rahimovalar ishtirokida katta madaniy konsert dasturi namoyish etildi.

Konsert davomida barcha tashrif buyurgan O‘zbekiston xalq artistlari, shoir va yozuvchilar o‘zlarining madaniy chiqishlari bilan davraga ko‘tarinki kayfiyat va jo‘shqinlik ulashishdi.

Konsert yakunida UrDU rektori B.Abdullayev soʻzga chiqib, ushbu targ‘ibot tadbirlari butun Respublikamiz bo‘ylab xalqimiz va ayniqsa, yoshlarga shijoat, gʻayrat baxsh etayotganini taʼkidlab, mazkur tashabbus uchun Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligiga minnatdorchilik bildirdi.  

Mazmunli konsert dasturi barchada iliq taassurot qoldirdi.

urdu.uz, “Yangi o‘zbekiston – inson qadri ulugʻlangan yurt!” shiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi

Ulashish