Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Portugaliyaning Braganza politexnika instituti professorlari UrDUda seminar-trening oʻtkazadi


2022-yilning 8-iyul kuni Portugaliyaning Braganza politexnika institutidan professor  Tiago Manuel Cabral dos Santos Barbosa hamda professor Luis de Sousa Costalar Urganch davlat universitetiga tashrif buyurdilar.

Rasmiy doiradagi uchrashuvda UrDU tomonidan rektor B.Abdullayev, Xalqaro aloqalar boʻyicha prorektor Gʻ.Oʻrazboyev, Kimyoviy texnologiyalar fakulteti dekani Sh.Kuramboyev, Korrupsiyaga qarshi kurash “Komplayens nazorat” bo‘limi boshligʻi H.Shihova, Jismoniy madaniyat fakulteti dekan oʻrinbosari N.Roʻzmetov,  “Oziq-ovqat texnologiyasi” kafedrasi dotsenti D.Roʻzmetovalar ishtirok etdi. 

Uchrashuvda mehmonlar taʼlim muassasalari oʻrtasidagi ikki tomonlama shartnomaga muvofiq, shu yilning 8-15-iyul kunlari Urganch davlat universitetining Jismoniy madaniyat, Kimyoviy texnologiyalar fakultetida  (ICM) Xalqaro kredit mobilligi dasturi doirasida talabalar, magistrlar va professor-o‘qituvchilarga seminar-trening o‘tkazishni maʼlum qildilar. 

Shuningdek, ikki oliygoh oʻrtasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish, xususan, ilmiy sohada, qolaversa, talabalar mobilligini yoʻlga qoʻyish borasida ham tomonlarning takliflari tinglandi. 

urdu.uz;Portugaliyaning Braganza politexnika instituti professorlari UrDUda seminar-trening oʻtkazadi

urdu.uz;Portugaliyaning Braganza politexnika instituti professorlari UrDUda seminar-trening oʻtkazadiurdu.uz;Portugaliyaning Braganza politexnika instituti professorlari UrDUda seminar-trening oʻtkazadi

Ulashish