Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



QURBON HAYITI MUBORAK BO’LSIN!


urdu.uz, QURBON HAYITI MUBORAK BO’LSIN!Qadrli hamkasblar, aziz talaba-yoshlar!

            Sizlarni ezgulik, mehr-muruvvat va insonparvarlik ayyomi bo’lgan Qurbon hayiti bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman.

            Qurbon hayiti musulmon olamidagi eng muqaddas, muborak va ruhan poklanishga da’vat etguvchi ulug’ bayramdir. Bu kun yaqinlarimiz holidan xabar olib, bemor va keksalardan ko’ngil so’rash, ehtiyojmandlarga mehr-muruvvat ko’rsatish, gina-quduratlarni unutish, kechirimli bo’lish azaliy an’anaga aylangan. Ulug’ qadriyatlarni o’zida chuqur mujassam etgan bu ayyom boshqa savobli amallari bilan ham asrlar osha insoniyat qalbiga ezguliklarni ulashib kelmoqda. Shuning uchun ham Qurbon hayitining hayotimizdagi o’rni va ahamiyati beqiyos, xalqimiz uchun ardoqli bayram hisoblanadi.

Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning  Qurbon hayitini nishonlash to‘g‘risidagi qarori xalqimizga xos ana shunday ezgu qadriyat va an’analarga hamohang ekanligi bilan ham e’tiborga molikdir.

 

Qadrli hamkasblar!

            Muqaddas ayyom – Qurbon hayiti bilan muborakbod etar ekanman, barchangizga mustahkam sog’liq-salomatlik, oilaviy tinchlik-hotirjamlik, sharafli va mashaqqatli ishlaringizda omadlar tilayman.

            Ezgulik va bag’rikenglik ramzi, hayr-saxovat timsoli, hamjihatligimizning yorqin ifodasi bo’lgan hayit kunlarida qo’limizni duoga ochib, yaqinlarimiz va xalqimizga omonlik tilaylik. Yaratgandan yurtimizni, xalqimizni turli balo-qazolardan asrashni so’raylik!

Har bir oila, har bir xonadonga, butun yurtimizga tinchlik-omonlik, baxt-u saodat, fayz-u baraka yor boʻlsin!

 

Baxrom Abdullayev

Urganch davlat universiteti rektori, f-m.f.d.

Ulashish