Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Turkmanistonlik talabalarning bitiruv kechasi bo'lib o'tdi


Oʻzbekiston va Turkmaniston doʻstligi qardoshlik hamda birodarlik rishtalari bilan mustahkam bogʻliqdir. Buning ezgu natijasi oʻlaroq muassasamizda Turkmanistonlik talabalar ham salmoqli raqamlarni tashkil etishadi.  Taʼkidlash joizki, 2021-2022-oʻquv yilida 975 nafar Turkmanistonlik yigit-qizlar bakalavr darajasiga ega boʻldilar. 
Shu munosabat bilan bugun, 18-iyul kuni Urganch davlat universitetida Turkmanistonlik talabalarning bitiruv kechasi boʻlib oʻtdi. 

Bugungi diplom topshirish marosimida tabrik soʻzini olgan UrDU rektori Baxrom Abdullayev  hamda birinchi prorektor Sanjar Davletovlar  et va tirnoqdek qardosh ikki millat – o'zbek va turkman xalqi  o‘rtasida do‘stlik va bag‘rikenglik, barcha sohalarda oʻzaro hamkorlik yanada mustahkamlanib borayotganligini eʼtirof etdilar. Oʻtgan 4 yillik taʼlimi mobaynida oʻzining aʼlo oʻqishi, namunali xulqi va universitet maʼnaviy-maʼrifiy hayotidagi faolliklari uchun oʻz mamnuniyatlarini izhor etib, bitirish arafasidagi talabalarga ezgu tilaklarini yoʻlladilar.

Bitiruv kechasida talabalar oʻzlarining badiiy chiqishlarini, tabrik soʻzlarini sheʼriy satrlar orqali bayon etdilar. Kuy-qoʻshiqlar esa kechaga yanada bayramona kayfiyat baxsh etdi. 

Shundan soʻng, diplomlar oʻz egalariga tanatanali topshirildi.

Ulashish