Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



“Hududning 100 nafar ixtirochi ayoli” haftaligi doirasida “Ixtirochi ayollar – 2022” forumi boʻlib oʻtdi


O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi hamda hamkor tashkilotlar tomonidan mamlakatimizning barcha hududlarida salmoqli va e’tiborga loyiq natijalarga erishgan 100 nafar ixtirochi ayollari ishtirokida “Hududning 100 nafar ixtirochi ayoli” haftaligi oʻtkazilmoqda.

Bugun, Urganch davlat universitetida mazkur haftalik munosabati bilan innovatsion koʻrgazma va “Ixtirochi ayollar – 2022” mavzusidagi xotin-qizlar forumi  boʻlib oʻtdi. Unda universitetning olima ayollari oʻz ilmiy-innovatsion ishlanmalari bilan ishtirok etdilar.

Tadbir avvalida UrDU Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori  Z.Ibragimov hamda Respublika oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi raisi oʻrinbosari  R.Turdiboyevalar soʻzga chiqib, xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash, ularning jamiyatdagi faol ishtirokini taʼminlashga qaratilgan ushbu tizim haqida atroflicha gapirib,  bu xotin-qizlarning oʻz bilim va iqtidorlarini namoyon etish uchun ajoyib imkoniyat ekanligini taʼkidladilar. 

Tadbir davomida kun tartibidagi masalalar boʻyicha maʼruzalar tinglandi, fikr-mulohazalar bildirildi. 

✔️Haftalik doirasida olima ayollar, o‘qituvchi, ixtirochi, dasturchi, hunarmand xotin-qizlar hamda talaba-qizlar orasida sog‘lom raqobat muhitini vujudga keltirish, ularning tashabbuslari va intilishlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida qator seminar-treninglar, tanlov va koʻrgazmalar tashklil etish belgilangan. 

 

Ulashish