Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



“Boursa National” kompaniyasi asoschilari Urganch davlat universitetiga tashrif buyurdilar


Bugun, 8-avgust kuni  “Boursa national” kompaniyasi ijrochi direktori, professor Azamat Akbarov hamda ushbu kompaniya hamkori, Quvayt universiteti professori Dr.Salah Alothmanlar oʻzaro hamkorlik aloqalarini oʻrnatish maqsadida Urganch davlat universitetiga tashrif buyurib, rektor Baxrom Abdullayev bilan uchrashdilar.

Uchrashuv avvalida mehmonlar  “Boursa national” kompaniyasining tashkil etilishi va bugungi kundagi faoliyati bilan bogʻliq maʼlumotlarni berdilar.

Har bir davlatni rivojlanishida oʻsha davlatning universitetlari muhim rol oʻynaydi. Universitetlarni sanoat, industrial ishlab chiqarish bilan bogʻlash, davlatning yalpi ichki mahsulotiga, iqtisodiy rivojlanishiga munosib hissa qoʻshish loyihamizning mazmunini tashkil qiladi”, - deya taʼkidladi Dr.Salah Alothman hamkorlikka chaqirar ekan.

Shuningdek, xususiy sektor va universitet oʻrtasidagi munosabatlarni rivojlantirish lozimligi, buning uchun esa hamkorlik doirasida tashkil etiladigan turli seminarlar va konferensiyalar orqali professor-oʻqituvchilar oʻz salohiyatini sinovdan oʻtkazib koʻrishlari mumkinligi bildirildi.

Oʻz oʻrnida UrDU rektori B.Abdullayev ushbu tashrifdan va hamkorlik uchun qoʻyilgan ilk qadamdan oʻz minnatdorchiligini bildirib, universitetning bugungi kundagi salohiyati haqida maʼlumot berdi va mehmonlarga hamkorlik uchun takliflar bildirdi.

Uchrashuv doirasida kelgusida Quvayt davlati oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlik oʻrnatish, turizm sohasida shuningdek, universitetda xorijlik mutaxassislar tomonidan arab tilini oʻqitishni yoʻlga qoʻyish borasida takliflar bildirilib, hamkorlik qilishga kelishib olindi.

Ulashish