Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Rektor texnikum bitiruvchilari bilan uchrashdi


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-yanvardagi 17-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga suhbat asosida o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom asosida bitiruvchilarni o‘z sohasiga mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga suhbat asosida o‘qishga qabul qilish jarayonlari tashkil etildi. 

2022/2023-o‘quv yili qabulida Urganch davlat universitetining 15 ta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 413 nafar texnikum bitiruvchilari ro‘yhatdan o‘tgan. 

Suhbat  grafik asosida joriy yilning 15-avgustdan 19-avgustgacha boʻlib oʻtadi. Bugun suhbat jarayonlari oldidan universitet rektori Baxrom Abdullayev texnikum bitiruvchilari bilan uchrashdi. 

Muloqot chogʻida rektor B.Abdullayev ro‘yhatdan o‘tgan barcha bitiruvchilar talabalikka qabul qilinishi, suhbat esa ularning bilim salohiyatlarini aniqlash uchun oʻtkazilayotganini maʼlum qilib, har bir talabgor ushbu suhbatda qatnashishi lozimligini bildirdi. Bu borada uchrashi mumkin boʻlgan  turli korrupsion xavf-xatarlarni oldini olish maqsadida tushuntirishlar berdi. 

Shuningdek, universitet ichki tartib-qoidalari, talabalar uchun yaratilgan sharoit va imkoniyatlar bilan tanishtirdi.  Boʻlgʻusi talabalarni qunt bilan ilm olishga chaqirdi. 

Ulashish