Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Urganch davlat universiteti talabasi Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasini qo‘lga kiritdi


O‘zbekiston Badiiy akademiyasi tomonidan tuzilgan Ekspert guruhining qaroriga asosan 30 nafar nomzoddan  7 nafar iqtidorli ijodkor talabalar  tegishli ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasini qo‘lga kiritdi. Ularning orasida Urganch davlat universiteti Rangtasvir (turlari bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabasi Ro‘zmetova Surayyo Bekpulat qizi ham bor.

Shu munosabat bilan O‘zbekiston Badiiy akademiyasining Anjumanlar zalida Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasi g‘oliblariga  tantanali ravishda guvohnoma topshirish  marosimi bo‘lib o‘tdi.

 Tadbirda Badiiy akademiya raisi Akmal Nur ishtirok etdi va stipendiatlarga guvohnomani topshirdi.

Ulashish