Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet

Yoshlar orasida huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirish masalalariga bag‘ishlangan davra suhbati boʻlib oʻtdi

2022-yilning 30-avgust sanasida Urganch davlat universitetida Ichki ishlar vazirligi yoshlar boʻlimi boshligʻi B.Sultonov, Viloyat IIB XPB katta inspektori  J.Masharipov, UrDU birinchi prorektori S.Davletov, fakultetlarning yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan muovinlari hamda tyutorlar ishtirokida  yoshlar orasida huquqbuzarliklar profilaktikasini  amalga oshirish masalalariga bag‘ishlangan davra suhbati boʻlib oʻtdi.

Unda Ichki ishlar tizimi tomonidan turli xil jinoyatchiliklarni oldini olish borasida olib borilayotgan profilaktik ishlar, shu jumladan, yoshlar orasida sodir etilayotgan jinoyatlar, ularni kelib chiqish sabablari, ularni oldini olishda Ichki ishlar boshqamasi hamda oliy taʼlim muassasalarining hamkorligi haqida atroflicha soʻz yuritildi.

Uchrashuv davomida huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirishda universitet tyutorlarining roli va vazifalari keng muhokama etilib, mutaxassislar tomonidan  tegishli tavsiyalar berildi. 

urdu.uz, Yoshlar orasida huquqbuzarliklar profilaktikasini  amalga oshirish masalalariga bag‘ishlangan davra suhbati boʻlib oʻtdi

Ulashish