Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Talabalarni turar joy bilan taʼminlash masalalari muhokama etildi


Joriy yilning 30-avgust kuni Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining  oʻrinbosari S.Buzrukxonov raisligida “Oliy va oʻrta maxsus taʼlim muassasalarida yangi –2022/2023 oʻquv yilida yoshlar tarbiyasi, ularni qoʻllab-quvvatlash va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar tizimini yanada takomillashtirish”ga bagʻishlangan videoselektr yigʻilishida koʻrib chiqilgan masalalari ijrosi yuzasidan bugun, 31-avgust kuni Urganch davlat universitetida yigʻilish oʻtkazildi.

UrDU birinchi prorektori S.Davletov, Moliya va iqtisod ishlari boʻyicha prorektor A.Atajonov hamda rektor maslahatchisi R.Sharipovlar boshchiligidagi ushbu yigʻilishda Talabalarni turar joy bilan taʼminlash ishlarni muvofiqlashtiruvchi boʻlimi xodimlari, TTJ masʼul xodimlari hamda tyutorlar ishtirokida etdilar.

✔️Unda yangi oʻquv yili avvalida talabalarni turar joy bilan taʼminlash masalasi muhokama etildi. Xususan, talabalarni universitet talabalar turar joylariga shaffof hamda adolatli taqsimot asosida joylashtirish, ijara xonadanlariga joylashtirishda ularning sharoitlariga va xavfsizligiga eʼtiborli boʻlish lozimligi  masʼullar tomonidan taʼkidlanib, tegishli topshiriqlar berildi. 

urdu.uz, Talabalarni turar joy bilan taʼminlash masalalari muhokama etildi

urdu.uz, Talabalarni turar joy bilan taʼminlash masalalari muhokama etildi

urdu.uz, Talabalarni turar joy bilan taʼminlash masalalari muhokama etildi

urdu.uz, Talabalarni turar joy bilan taʼminlash masalalari muhokama etildi

Ulashish