Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



“Orientation Week” Tarix fakulteti talabalari bilan davom etdi


“Orientation Week” haftaligi doirasidagi uchrashuv bugun, 9-sentabr kuni Tarix fakultetining 1-kurs talabalari ishtirokida boʻlib oʻtdi. Unda UrDU Birinchi prorektori S.Davletov ishtirok etib, soʻzga chiqdi. Soʻzi avvalida yurtimizda soʻnggi yillarda amalga oshirilgan islohotlarga toʻxtaldi. Universitetning  odob-axloq qoidalari, maʼnaviy-maʼrifiy jarayonlar, faoliyati yoʻlga qoʻyilgan toʻgaraklar, talabalar turar joyiga joylashtirish masalalari hamda ijara toʻlovini qoplab berilishi haqida soʻz yuritdi.

Shuningdek, uchrashuvda Yoshlar ishlari agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi boshligʻi S.Palvonov ishtirok etib,  “Yoshlar daftari”, “Bir million dasturchi” loyihasi, agentlik tomonidan yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, loyihalar haqida maʼlumot berdi. “Jadidlar” toʻplamini universitet kutubxonasiga hadya qildi.

“Orientation Week” uchrashuvlari davom etadi.

urdu.uz, “Orientation Week” Tarix fakulteti talabalari bilan davom etdi

urdu.uz, “Orientation Week” Tarix fakulteti talabalari bilan davom etdi

urdu.uz, “Orientation Week” Tarix fakulteti talabalari bilan davom etdi

urdu.uz, “Orientation Week” Tarix fakulteti talabalari bilan davom etdi

Ulashish