Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Tanishtiruv haftaligi


2022-2023-oʻquv yilida Urganch davlat universitetiga talabalikka tavsiya qilingan oʻgʻil-qizlar uchun “Tanishtiruv haftaligi” davom etmoqda. Unda universitet rahbariyati har bir fakultetning 1-kurs talabalari bilan uchrashuvlar oʻtkazmoqda.

Bugun, 10-sentabr kuni Filologiya fakultetining 1-kurs talabalari bilan UrDU Birinchi prorektori S.Davletov fakultet dekani D.Gʻayipov hamrohligida  uchrashuv oʻtkazdi.

Soʻzi avvalida yurtimizda soʻnggi yillarda amalga oshirilgan islohotlarga toʻxtaldi. Shuningdek, universitetning  odob-axloq qoidalari, maʼnaviy-maʼrifiy jarayonlar, faoliyati yoʻlga qoʻyilgan toʻgaraklar, talabalar turar joyiga joylashtirish masalalari hamda ijara toʻlovini qoplab berilishi haqida soʻz yuritdi.

Shuningdek, fakultet dekani  D.Gʻayipov ta’lim jarayonini tashkil etish masalalari yuzasidan tushuntirish berib, fakultet hayoti bilan tanishtirdi.
Muloqot erkin tarzda, savol-javob yoʻsinida oʻtkazildi.

urdu.uz, Tanishtiruv haftaligi

urdu.uz, Tanishtiruv haftaligi

urdu.uz, Tanishtiruv haftaligi

urdu.uz, Tanishtiruv haftaligi

 

Ulashish