Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet

2022-2023 o‘quv yili uchun qabul yakunlari, yangi ta’lim yo‘nalishlari, ta’limning masofaviy shakli joriy etilishi masalalariga bagʻishlangan matbuot anjumani oʻtkazildi

Yurtimizda amalga oshirilayotgan ezgu islohotlarning barchasi xalqimiz kelajagini, manfaatlarini ko’zlab amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, taʼlim tizimida keng koʻlamli islohotlar, oʻzgarishlar yil sayin ortib bormoqda. Mazkur islohotlarning salmoqli qismi oliy taʼlim tizimida boʻlmoqda. Urganch davlat universitetida 2022-yilning 14-sentabr sanasida oʻtkazilgan matbuot anjumani aynan shu haqida,  2022-2023 o‘quv yili uchun qabul yakunlari, yangi ta’lim yo‘nalishlari, ta’limning masofaviy shakli joriy etilishi masalalari yuzasidan boʻlib oʻtdi.
Unda  Oʻquv ishlari boʻyicha prorektor  S.Xodjaniyozov, Oʻquv-uslubiy boshqarma boshligʻi Gʻ.Matlatipov, talaba-yoshlar hamda OAV vakillari ishtirok etdi.
Anjumanda joriy yildagi qabul kvotalari, yangi ochilgan yoʻnalish va mutaxassisliklar, oʻqishni koʻchirish tartibi, ta’limning masofaviy shakli, tabaqalashtirilgan kontrakt, texnikum oʻquvchilarining gamda Qoraqalpogʻiston yoshlarining oʻqishga qabul qilinishi, shuningdek, universitetda taʼlimning tashkil etilishi va talaba-yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar kabi  dolzarb masalalari yuzasidan maʼlumot berdilar.
Matbuot anjumani davomida berilgan savollarga masʼullar tomonidan batafsil javoblar berildi.

urdu.uz, 2022-2023 o‘quv yili uchun qabul yakunlari, yangi ta’lim yo‘nalishlari, ta’limning masofaviy shakli joriy etilishi masalalariga bagʻishlangan matbuot anjumani oʻtkazildi

Ulashish