Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet

Iqtisodiyot fakultetiga 1-kursga qabul qilingan talabalarning ota-onalari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Unda UrDU Birinchi prorektori S.Davletov, universitet profilaktika inspektori, leytenant D.Sapoyev, fakultet xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi K.Ataboyeva, fakultet tyutorlari, talabalar va ularning ota-onalari ishtirok etdi.

Uchrashuvda ta’lim jarayonlari, ma’naviy-ma’rifiy jarayonlar, kredit-modul tizimi, universitetning ichki tartib-qoidalari to‘g‘risida soʻz yuritildi. Ota-onalarning takliflariga quloq tutildi. 

Uchrashuv yakunida Iqtisodiyot fakulteti 3-bosqich talabasi Shahlo Egamberganovaning sportning Dzyudo turi bo‘yicha O‘zbekiston chempionatida 1-o‘rin, Osiyo kubogida 2-o‘rin hamda Xalqaro chempionatda 3-o‘ringa sazavor bo‘lganligi munosabati bilan Urganch davlat universiteti rektorining Tashakkurnomasi talabaning onasiga topshirildi. 

urdu.uz, Iqtisodiyot fakultetiga 1-kursga qabul qilingan talabalarning ota-onalari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Ulashish