Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Odobli qizning ma’naviy qiyofasi: u qanday bo’lishi kerak?


Kuni kecha UrDU 5-son talabalar turar joyida “Oqila ayollar” harakatining viloyat va shahar faollari ishtirokida talaba-qizlar bilan “Odobli qizning ma’naviy qiyofasi: u qanday bo’lishi kerak?” mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi.

Suhbatni viloyat “Oqila ayollar” harakati a’zosi M.Masharipova “Qiz bola odobi bilan go’zal” mavzusidagi ma’ruzasi bilan boshlab berib, o’zbekona odob-axloq qoidalariga toʻxtaldi, “Oqila ayollar” harakatini tashkil qilishdan maqsad ham odobli qizlar va ma’rifatli onalar ma’naviy qiyofasini yaratish orqali ma’rifatli va mustahkam oilalar barpo qilish, “Oila muqaddas” g’oyasini yoshlar ongiga singdirishdan iborat ekanligini taʼkidladi.

Shuningdek, Urganch Shahar “Oqila ayollar” harakati yetakchisi, “Shuhrat” medali sohibasi S. Samandarova “Go’zal qalb insonni bezaydi” mavzusida gapirib, inson hayotida pok qalb va ezgu fikrlilik faqat olg’a qadam tashlashga yordam beruvchi vosita ekanligi, bunday insonlarni yaratgan ham doimo qo’llab-quvvatlashini ta’kidladi.

Uchrashuv davomida Urganch davlat universitetining faol ayol ustozlari ham o’z hayotiy tajribalari bilan o’rtoqlashdilar. Uchrashuv so’nggida UrDU Xotin-qizlar Maslahat kengashi raisi, 3-son “Ma’rifat” mahallasi “Oqila ayollar” harakati yetakchisi Sh.Nurullayeva mazmunli suhbatlari uchun harakat faollariga minnatdorchilik bildirdi.

Yakuniy qismda talaba-qizlar shoira Sayyora Samandarovaning she’rlarini tinglab, xursand bo’ldilar.

Ushbu davra suhbati Xorazm MTRK orqali tasvirga olindi.

Ulashish