Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet

Urganch davlat universiteti Kengashi majlisida bir guruh fidoiy professor-oʻqituvchilar taqdirlandi

Joriy yil 28-sentabr kuni Urganch davlat universiteti Kengashining 2-majlisi boʻlib oʻtdi. 1-oktabr – “Oʻqituvchi  va murabbiylar kuni” arafasidagi ushbu Kengash majlisi universitet rektori Baxrom Abdullayev raisligida va Kengash a’zolari ishtirokida bayramona kayfiyatda oʻtkazildi. 

Yigʻilish avvalida rektor B.Abdullayev taʼlim sohasida samarali mehnat qilib, talaba-yoshlarning zamona talablari asosida kasb-hunar egallashi yoʻlida, ularni yurtga sadoqat ruhida tarbiyalashdagi fidoiyligi, kelajak avlodga ibrat maktabi boʻluvchi shijoati uchun bir guruh professor-oʻqituvchilar va tyutorlarga faxriy yorliq hamda esdalik sovgʻalarini oʻzining samimiy va ezgu tilak-istaklari ila topshirdi.

Shuningdek, Iqtisodiyot fakulteti oʻqituvchisi I.Madaminovga  Iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) diplomini hamda  "Navro‘z sadolari" ko‘p ovozli xalq cholg‘ulari ansambl va orkestrlari  VIII Xalqaro festivalida faol ishtirok etib, gʻoliblikni qoʻlga kiritgan Urganch davlat universiteti  Talabalar xalq cholgʻulari orkestri rahbari I.Karimovga gʻoliblik diplomi va rasmiy nishonni tantanali topshirdi.

Shundan soʻng, Kengash yigʻilishi kun tartibidagi masalalar yuzasidan oʻz ishini davom ettirdi.

urdu.uz, Urganch davlat universiteti Kengashi majlisida bir guruh fidoiy professor-oʻqituvchilar taqdirlandi

Ulashish