Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet

O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Urganch davlat universitetidagi boshlang‘ich tashkiloti hisobot-saylov yig‘ilishi boʻlib oʻtdi

2022-yil 30-sentabr kuni Urganch davlat universitetida O‘zbekiston yoshlar ittifoqining  Urganch davlat universitetidagi boshlang‘ich tashkiloti  hisobot-saylov yig‘ilishi boʻlib oʻtdi. Unda O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Xorazm viloyati kengashi bo‘lim mudiri S.Jabborov, Ittifoqning Urganch shahar kengashi raisi K.Masharipov, UrDU Yoshlar bilan ishlash, ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha  bo’lim boshlig’i  Sh.Allaberganov, UrDU Talabalar kengashi raisi S.Allanazarov hamda fakultetlardan saylangan faol, iqtidorli yoshlar ishtirok etishdi. Saylovga Talabalar kengashi raisi S.Allanazarov raislik qildi. 

Hisobot-saylov yig‘ilishida dastlab hakamlar hay’ati, kotibiyati va sanoq komissiyasi saylab olindi. Kun tartibidagi masalalar ko‘rib chiqildi. Nomzodlar o‘zlarining saylovoldi dasturlarini taqdim qildilar. Universitet yetakchiligiga nomzodlar ovozga qo‘yilib, yakuniy natijalarga ko‘ra, Texnika fakulteti “Qurilish” kafedrasi o‘qituvchisi Abbosbek Samandarov nomzodi eng ko‘p ovoz bilan Urganch davlat universiteti Yoshlar yetakchiligiga saylandi. 

urdu.uz, O‘zbekiston yoshlar ittifoqining  Urganch davlat universitetidagi boshlang‘ich tashkiloti  hisobot-saylov yig‘ilishi boʻlib oʻtdi

Ulashish