Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Urganch davlat universiteti tyutorlari respublika oʻquv seminarida ishtirok etishmoqda


Oliy taʼlim muassasalarida ma'naviy-ma'rifiy ishlarni yanada faollashtirish va mazkur yo'nalishdagi kadrlar salohiyatini oshirish maqsadida oliy taʼlim  muassasalari tyutorlari ishtirokida bugun, 2022-yilning 4-oktabr kuni Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan oʻquv seminar tashkil etildi.

Ushbu oʻquv seminarda Respublika OTMlari qatorida UrDU Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi boshligʻi rahbarligida universitetning barcha tyutorlari ham, qolaversa, Qoraqalpogʻiston Respublikasi OTMlaridan tashrif buyurgan tyutorlar onlayn tarzda ZOOM ilovasi orqali faol qatnashmoqdalar.

Anjumanda oliy taʼlim  muassasalarida faoliyat olib borayotgan tyutorlar faoliyatini yanada jadallashtirish, ularning bugungi kunda dunyoda kechayotgan geosiyosiy va mafkuraviy jarayonlar hamda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlardan xabardorlik darajasini oshirishga katta eʼtibor qaratilmoqda.

Shuningdek, seminar doirasida respublikamizning nufuzli o1iy taʼlim  muassasalari tyutorlarining faoliyatlari bilan yaqindan tanishish, ish jarayonlaridagi oʼziga xos tomonlari, talaba-yoshlarni boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga qaratilgan ish dasturlari hamda talabalar bilan yanada yaqin boʻlish, ularning muammo va kamchiliklarini bartaraf qilish mexanizmlari haqida ham bilimlarga ega boʻlishmoqda.

Anjuman oʻz ishini kun davomida olib boradi.

urdu.uz, Urganch davlat universiteti tyutorlari respublika oʻquv seminarida ishtirok etishmoqda

urdu.uz, Urganch davlat universiteti tyutorlari respublika oʻquv seminarida ishtirok etishmoqda

urdu.uz, Urganch davlat universiteti tyutorlari respublika oʻquv seminarida ishtirok etishmoqda

Ulashish