Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Oliygoh-mahalla-hokimlik-ichki ishlar hamkorligida uchrashuv bo'lib o'tdi


Bugun Filologiya fakulteti tashabbusi bilan tashkil etilgan "Talaba xavfsizligi" profilaktik oyligi doirasidagi mazkur uchrashuvda Filologiya, Fizika-matematika, Iqtisodiyot, Tabiiy fanlar hamda Jismoniy madaniyat fakultetlarining talaba-yoshlari ishtirok etdilar. Tadbirni UrDU Birinchi prorektori S.Davletov kirish so'zi bilan ochib berdi.

Filologiya fakulteti dekani D.G'ayipov moderatorligida o'tkazilgan ushbu tadbirda yoshlar orasida huquqbuzarlikning oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurash bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko'lami yuzasidan Xorazm viloyati IIB Terrorizmga qarshi kurash bo'limi boshlig'i, mayor E.Sapayev, Xorazm viloyati IIB huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig'ining xotin-qizlar masalalari bo'yicha o'rinbosari D.Bog'ibekovalar ma'ruza qildilar.

Shuningdek, UzLiDeP Xorazm viloyati kengashi raisi o'rinbosari Sh.Atajonov hamda partiyaning mas'ul xodimi U.Nurmetovlar bugungi kunda yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, ularning faoliyatini maqsadli yo'naltirish yuzasidan amalga oshirilayotgan ustuvor vazifalari to'g'risida tavsiyalar berib o'tdilar hamda professor-o'qituvchilar va talaba-yoshlar orasida bir guruhi ushbu partiya a'zosi sifatida qabul qilinganligi mamnuniyat bilan e'lon qildilar.

Qolaversa, “Jaloliddin Manguberdi” mahallasi xotin-qizlar faoli D.Otajonova mahallalarda yoshlarning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga qaratilgan chora-tadbirlar jinoyatchilik va huquqbuzarlikka qarshi kurash sifatida amalga oshirilayotgan ishlar ekanligini alohida ta'kidladi.

Ta'kidlash joizki, bu kabi profilaktik tadbirlardan ko'zlangan asosiy maqsad yoshlar orasida huquqbuzarlikning har qanday holatlariga yo'l qo'ymaslik hamda ogoh bo'lish zarurligini talaba-yoshlarga tushuntirishdir.

Ulashish