Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Koreyaning Dongshin universiteti rektori dr. Lee Ju Hee Urganch davlat universitetiga tashrif buyurdi


Bugun, 14-oktabr kuni Koreyaning  Dongshin universiteti rektori Dr. Lee  Ju Hee  Xalqaro ta’lim instituti dekani Oh Sungrok, professor Shavkat Saydakhmedov, Xalqaro ta’lim instituti menejeri Cho Yohan hamrohligida Urganch davlat universitetiga tashrif buyurdi.

Mehmonlarni universitet rahbariyati mamnuniyat ila kutib oldi va majlislar zalida  tomonlarning rasmiy uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Dastlab UrDU rektori Baxrom Abdullayev mehmonlarining ushbu tashrifidan mamnuniyatini bildirib, bu kabi doʻstona aloqalar kelgusida ikki universitet oʻrtasidagi hamkorlik doirasini yanada mustahkamlashiga ishonch bildirdi. Urganch davlat universitetining dunyoning koʻplab nufuzli oliygohlari bilan hamkorliklari yoʻlga qoʻyilganini gapirib oʻtdi.  Shuningdek, urf-odatlarimiz mushtarakligi tufayli universitetda koreys tili va madaniyatini oʻrganishga katta qiziqish borligini eʻtirof etdi.

Oʻz oʻrnida rektor Dr. Lee  Ju Hee  bir necha bor UrDUga tashrif buyurgan  Dongshin universiteti oʻqituvchilari tomonidan bildirilgan iliq fikrlar sababli, qolaversa, ikki universiteti oʻrtasidagi shartnomaga muvofiq  (https://t.me/URDU_PRESSA/18818)ayni paytda UrDU Xorijiy filologiya fakulteti talabalariga koreys tili boʻyicha dars berib kelayotgan Dongshin universiteti oʻqituvchisi Lee Jiseongning yashash sharoiti va ish faoliyati bilan yaqindan tanishish istagida kelganliklarini bildirdi.

Muloqot davomida tomonlar oʻzaro hamkorlikni yanada mustahkamlash borasida oʻzlarining takliflarini bildirdilar. Jumladan,  ikki universitetga qator imtiyozlar beruvchi, o'zaro manfaatli ilmiy sohalarda hamkorlik faoliyatini rivojlantirish, talabalar va professor-oʻqituvchilar almashinuvi yoʻlga qoʻyish, qolaversa,  texnika va elektronika yo ʻnalishlarida taʻlim olayotgan talabalarga koreys tilini oʻrgatishni kuchaytirish va bu orqali talabalarimiz Koreyadagi ishlab chiqarish va sanoat korxonalarining faoliyati bilan yaqindan tanishish imkoniga ega boʻlishlari taʻkidlandi.

Shuningdek, mehmonlar Urganch davlat universiteti professor- oʻqituvchilari Dongshin universiteti talabalariga fizika, matematika fanlari boʻyicha dars mashgʻulotlari olib borishni yoʻlga qoʻyishni taklif qildilar.

Shundan soʻng, tomonlar bir-birlariga esdalik sovgʻalarini taqdim qildilar.

Mehmonlarning universitetimizga tashrifi davom etadi.

urdu.uz;Koreyaning  Dongshin universiteti rektori  dr. Lee  Ju Hee  Urganch davlat universitetiga tashrif buyurdi

Koreyaning  Dongshin universiteti rektori  dr. Lee  Ju Hee  Urganch davlat universitetiga tashrif buyurdi

Koreyaning  Dongshin universiteti rektori  dr. Lee  Ju Hee  Urganch davlat universitetiga tashrif buyurdi

Koreyaning  Dongshin universiteti rektori  dr. Lee  Ju Hee  Urganch davlat universitetiga tashrif buyurdi

Koreyaning  Dongshin universiteti rektori  dr. Lee  Ju Hee  Urganch davlat universitetiga tashrif buyurdi

Ulashish