Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet

Koreyalik mehmonlar Xorijiy filologiya fakultetida boʻldilar

Koreyaning  Dongshin universiteti rektori Dr. Lee  Ju Hee boshchiligidagi bir guruh mehmonlarimiz bugun Xorijiy filologiya fakultetida boʻldilar. Koreys tili dars jarayonlarini kuzatib, talabalar va oʻqituvchilar bilan suhbatda boʻldilar.

Taʼkidlash joizki, Xorijiy filologiya fakulteti jamoasi joriy yilda Jamila Ermetova boshchiligida Koreyaning SEED dasturi tomonidan qo‘llab-quvvatlangan “Koreyashunoslik Akademiyasi” grantini qo‘lga kiritdilar. Bunga ko‘ra,  2023-2024 o‘quv yilidan boshlab “Koreyashunoslik va tillarni o‘qitish” bakalavr yo‘nalishi o‘z faoliyatini boshlaydi. Bu yo‘nalishda talabalar nafaqat koreys tilini o‘rganadilar, balki Koreyaning tarixi, madaniyati, urf-odati  haqida chuqur bilimga ega bo‘ladilar. Bu esa koreyalik hamkor universitetlar yordamida, jumladan,  Dongshin universiteti yordamida yanada muvaffaqiyatli yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan.

Mehmonlar Xorijiy filologiya fakultetiga tashrifi doirasida ushbu loyiha uchun ajratilgan xona bilan ham yaqindan tanishdilar.

urdu.uz;Koreyalik mehmonlar Xorijiy filologiya fakultetida boʻldilar

Ulashish