Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Urganch davlat universitetida Volontyorlar markazining ochilishi bo‘lib o‘tdi


O‘zbekiston Respublikasining “Volontyorlik faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 18-yanvardagi “O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini 2025-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 23-son Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 20-oktabr kuni Urganch davlat universitetida Volontyorlar markazining ochilish marosimi o‘tkazildi. 

Tadbirning ochilish marosimida Yoshlar ishlari agentligi Xorazm viloyat boshqarmasi boshlig‘i oʻrinbosari F.Boltayev, boshqarma mutaxassisi A.Qoʻchqarov, UrDU rektori maslahatchisi R.Sharipov, Yoshlar bilan ishlash, maʻnaviyat va maʻrifat boʻlimi boshligʻi Sh.Allaberganov, Yoshlar ittifoqining universitet yoshlar yetakchisi A.Samandarov, Talabalar kengashi raisi S.Allanazarov hamda universitetning koʻngilli volontyor yoshlari ishtirok etdilar. 

Ochilish marosimida  Yoshlar bilan ishlash, maʻnaviyat va maʻrifat boʻlimi boshligʻi Sh.Allaberganovning tabrik soʻzi tinglandi. Yoshlar ishlari agentligi Xorazm viloyat boshqarmasi boshlig‘i oʻrinbosari F.Boltayev tomonidan “Volontyorlik markazlari” faoliyatini yo‘lga qo‘yish tartiblari to‘g‘risida maʼlumot berildi. Yoshlar ittifoqining universitet yoshlar yetakchisi A.Samandarov  Volontyor kim? Volontyorlik o‘zi nima? savollariga javob berdi. 
 Shundan so‘ng  “Volontyorlik markazi” koordinatorini saylash masalasi ko‘rib chiqildi hamda bildirilgan taklif va fikr-mulohazalar inobatga olinib,  Jismoniy madaniyat fakulteti 3-kurs talabasi  Ismailov Mahmudbek nomzodi saylandi, unga universitetning ishonch yorlig‘i topshirildi. 

urdu.uz, Urganch davlat universitetida Volontyorlar markazining ochilishi bo‘lib o‘tdi

urdu.uz, Urganch davlat universitetida Volontyorlar markazining ochilishi bo‘lib o‘tdi

urdu.uz, Urganch davlat universitetida Volontyorlar markazining ochilishi bo‘lib o‘tdi

urdu.uz, Urganch davlat universitetida Volontyorlar markazining ochilishi bo‘lib o‘tdi

urdu.uz, Urganch davlat universitetida Volontyorlar markazining ochilishi bo‘lib o‘tdi

Ulashish