Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



UrDU rektori Xiva shahridagi Prezident maktabida boʻldi


2022-yilning 20-oktabr kuni Urganch davlat universiteti rektori Baxrom Abdullayev Prezident taʼlim muassasalari agentligi tasarrufidagi Xiva shahar Prezident maktabiga tashrif buyurdi. 

Tashrif avvalida rektor B.Abdullayev ushbu maktabning yuqori sinf oʻquvchilari bilan uchrashib, suhbatda boʻldi. Xususan, bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli ishlohotlar, davlatimiz rahbari tomonidan taʼlim tizimiga qaratilayotgan eʼtibor, yurtimizda yoshlarni taʼlim olishlari  uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar, shu jumladan, bugungi kunda Urganch davlat universitetida talabalarning chuqur bilim olishlari uchun yaratilgan imkoniyat va sharoitlar haqida atroflicha gapirdi. Universitet va undagi taʼlim yoʻnalishlari haqida maʼlumotlar berdi. Shuningdek, maktab oʻquvchilarining qiziqishlari, sevimli fanlari, kelajakdagi maqsadlari haqida qiziqdi. 

Uchrashuv yakunida esa oʻquvchilarni olgʻa intilishdan toʻxtamaslikka, mana shu sharoitlardan unumli foydalangan holda chuqur bilim olishga chaqirib, ularga kitoblar sovgʻa qildi. 

Tashrif doirasida Prezident maktabining sharoitlari bilan ham tanishdilar.

urdu.uz, UrDU rektori Xiva shahridagi Prezident maktabida boʻldi

urdu.uz, UrDU rektori Xiva shahridagi Prezident maktabida boʻldi

urdu.uz, UrDU rektori Xiva shahridagi Prezident maktabida boʻldi

Ulashish