Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida tadbir oʻtkazildi


«Respublikada ko‘kalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish, daraxtlar muhofazasini yanada samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident farmoniga muvofiq, yurtimizda daraxtzorlarni ko‘paytirishga qaratilgan «Yashil makon» umummilliy loyihasi joriy etildi.

O‘zbekistonda «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida 2022-yil 20-oktabrdan kuzgi mavsumda «Dolzarb 40 kunlik» tadbirlari boshlandi.

▪️Ushbu loyihaga faol hissa qo‘shish maqsadida Urganch davlat universiteti jamoasi ham ko‘kalamzorlashtirish, daraxt va butalarni muhofaza qilish,  yashil maydonlarni kengaytirish kabi xayrli ishlarda o‘z ishtirokini faol davom ettirishni maqsad qilgan. 

▫️Jumladan, bugun 24-oktabr kuni universitetning Kimyoviy texnologiyalar fakulteti hududida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida tadbir va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini samarali tashkil etishga qaratilgan seminar oʻtkazildi.

▪️Unda Xorazm viloyati hokimi Farhod Ermanov,  hokimlik vakillari, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi Nazrullo Oblomuradov hamda qo‘mita vakillari, Xorazm viloyati ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi, Urganch davlat universiteti professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirok etdilar.

▫️Tadbirni UrDU rektori Baxrom Abdullayev kirish soʻzi bilan ochib berdi. Tadbirda Toshkent davlat agrar universiteti “O‘rmonchilik va landshaft dizayn” kafedrasi mudiri, q-x.f.d. Mansurbek Xolmurotov Xorazm viloyati hududiga mos keluvchi ko‘chatlarni ekish va ularni parvarishlash bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berdi. 

▪️Shundan so‘ng, fakultet hududiga ko‘chat ekish jarayonlari bo‘lib o‘tdi va ko‘chatlarni ekish hamda ularni parvarishlash bo‘yicha ekspert-mutaxassislar maslahati va tavsiyalari asosida tadbirning barcha qatnashchilari ko‘chat ekish jarayonida faol qatnashdilar.  

Maʼlumot oʻrnida, joriy yilning oktabr-noyabr oylarida 1200 ta manzarali va 600 ta  mevali ko‘chatlar ekish rejalashtirilgan.

urdu.uz, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida tadbir oʻtkazildi

urdu.uz, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida tadbir oʻtkazildi

urdu.uz, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida tadbir oʻtkazildi

urdu.uz, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida tadbir oʻtkazildi

urdu.uz, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida tadbir oʻtkazildi

urdu.uz, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida tadbir oʻtkazildi

Ulashish